Seshanba, 14.05.2024, 21:41
Menyu

Forumga krish

Hisoblagich

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Sayt Soati

Kalendar
«  Avgust 2010  »
DuSeChoPaJuShaYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 25

SAYT DO'STLARI
  • o'zbekona
  • Milliy teatr
  • Internet kafe

  • Ob-havo
    Все о погоде - Pogoda.uz

    Главная » 2010 » Avgust » 11 » IJODMI YO CHO‘NTAK?
    09:00
    IJODMI YO CHO‘NTAK?

     "Muhabbat kuychisi”ning iziga iz, tiziga tiz bo‘lishyapti. "Plagiat”dan maqsad nimaligini tushunmaysan? Bugun forscha, hindcha, arabcha, turkcha, eroncha qo‘shiqlar atrofida tinmay qaroqchilik qilishyapti. Ilk ayg‘oqchilar bastakorlarmi desangiz, san’atkorlarning o‘zginasi. Bu fikrlarim hamma degani emas, "plagiat” bilan shug‘ullanayotgan ijodkorlarning o‘zi juda yaxshi biladi. Ko‘z oldimizda kechayotgan nohaqchilikka tik qaramasak, shunday ko‘z yumib ketaversak, oxiri nima bo‘ladi? Milliy urf-odatlar, sof o‘zbekona madaniyat qani?

    Shuncha ketayotgan xarajatiga ham achinasan. O‘ylamay bosilgan qadamning borari jarlik emasmi? 

     Oldin "yov-yov” deyishardi, hozir qo‘shiqning ichidan "miyov-miyov” ham sado beryapti. Qalami bilan she’riyatga durlar osa olgan haqiqiy qalam sohiblari qolib, yon daftarchasiga yangi so‘zlarni yozib boradigan yoxud o‘zbek  so‘z lug‘atini ushlab olgan va shu qabilida ish tutajak havaskorchalar paydo bo‘lgan. Qancha unvoning bor-a? Uyalmaysizmi, so‘zi o‘zi zo‘rg‘a bir-biriga ulay olmaydigan ijodkorchaga murojaat qilib? Sizni tinglayotgan haqiqiy xat savodi, ilm-zakovati bor insonlar tinglab. Qo‘l siltab qo‘ymaydimi? 

     Boz ustiga o‘sha qalamkamshlarning dimog‘ini ko‘rsangiz, Himolay ham "xijolat”. Glamurligi borasida Andrey Malaxov ham ip o‘girolmay qoladi! Mayli-da, ularning oddiy insonlardan juda yuqori turadigan jihati bo‘lsa kerak. Bittasi bilan gaplashib qoldim: "Men hammaga ham buyurtma olavermayman. She’rlarim 100 dollardan kam emas. Bitta qator uchun yoziladigan so‘zlarni qancha o‘ylab, qaerlardan izlab topaman axir,  deydi. Yana gap orasida xalq shoirlarimizni tanqid ham qilib qo‘ydi.”. O‘zi kimman, qaerdan paydo bo‘ldim, nimalar deb valjirayapman degan savolni berarmikan bundaylar?

     Ayrimlar qo‘shiq deb, so‘zlar qatorini shunchaki o‘qib berayotganini tushunarmikan? Essiz, shuncha harakat, bedor tunlar, homiyingizning cho‘ntagini qurutganlaringiz...

     Buyog‘ini boshqa payt yanada oydinlashtirib yozishga qaror qildim. Hozircha xulosa sizdan, azizlar!


    shov-shuv.uz

    Просмотров: 946 | Добавил: www | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 0
    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    free counters
    UzDDS@mail.ru © 2024