Chorshanba, 15.05.2024, 03:30
Menyu

Forumga krish

Hisoblagich

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Sayt Soati

Kalendar
«  Yanvar 2010  »
DuSeChoPaJuShaYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 25

SAYT DO'STLARI
  • o'zbekona
  • Milliy teatr
  • Internet kafe

  • Ob-havo
    Все о погоде - Pogoda.uz

    Главная » 2010 » Yanvar » 29 » Jassiga o'xshashi yo'q
    09:24
    Jassiga o'xshashi yo'q
    Mona Sinx: «G'aqiqiy ismim-Jasmit» Serialning kutilgan olamshumul muvaffaqiyati kutilmagan mevalarni berdi: 
    ko'plab hind qizlari modelga aylanishni istab qolishdi. Go'zallik sirlari haqidagi jurnallarga talab oshdi. Moda sanoatiga qiziqishining keskin oshib ketishi o'z natijasini berib, yangi Klaudia Shiffer yoki Jizel Bundxenlarni kashf etilishiga olib kelar. Kim bilsin, ulardan birining ismi Jassi Sinx bo'larq 
    Mona Sinx: «G'aqiqiy ismim-Jasmit» Serialning kutilgan olamshumul muvaffaqiyati kutilmagan mevalarni berdi: ko'plab hind qizlari modelga aylanishni istab qolishdi. Go'zallik sirlari haqidagi jurnallarga talab oshdi. Moda sanoatiga qiziqishining keskin oshib ketishi o'z natijasini berib, yangi Klaudia Shiffer yoki Jizel Bundxenlarni kashf etilishiga olib kelar. Kim bilsin, ulardan birining ismi Jassi Sinx bo'larq - Jassi rolini ijro etganligingizdan baxtiyormisizq - Juda baxtiyorman. Jassiga bo'lgan ijobiy munosabatim o'zimga ikki hissa qaytayapti. Balki ishonmassiz, lekin tomoshabinlar ilgarigi tashqi qiyofam va uyatchanligim qolishini juda istashadi. U chizgilar qaytishiga ishonaman. -Talqin qilgan rolingizning ekranga chiqmagan jihatlarini bayon etsangiz… -Soat 22:00da yangi soch turmagini qilishim uchun go'zallik saloniga tashrif buyurishimni so'rashardi! Grim xonada soat 2:00gacha bo'lardim. Erta tongda (5:30) ekrandagi obrazimga qaytishim shart edi. Menga berilgan ozgina fursatlar davomida yangi soch turmagimga mahliyo bo'lardim. - G'ozirgi soch turmagingizni tanlashdan oldin nechtasini sinab ko'rdingizq - Juda ko'p. Bu narsaga bardosh berish juda qiyin. Mazkur soch turmagimni ham o'zgartirishimga to'g'ri keladi. Shunday ekan grimxonaga hali ko'p vaqtimni o'tkazaman, shekilli. - Qiziq voqealar ham... - Eng qiziq voqealar tish do'xtiriga tashrif buyurganimda sodir bo'ldi. Tishlarimga o'rnatilgan moslama tushib ketganligi bois qolgan qismini olishda tishlarimni shunaqangi og'ritishdiki, ko'¬z yoshlarimni ham tiya olmadim. - Ancha vaqtdan beri xunukkina Jassi bo'lib yurdingiz. Endi sohibjamol model ekanligingiz ham alohida e'tirof etildi. Ismingiz Mona ekanligini tan olarsizq - Mening haqiqiy ismim-Jasmit. - Unda Mona kimq - Opamning ismi Sona bo'lganligi tufayli yaqinlarim unga moslatib Mona deb ataydigan bo'lishdi. - Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasizq - Menda deyarli bo'sh vaqtning o'zi yo'q. Shunga qaramay fursat topganimda taom tayyorlashga oshiqaman. Karri va rajma (hind¬larning milliy taomi)ni pishirishni yaxshi ko'raman. -Jassi Apurva Agnixotri va Samir Sonini yaxshi ko'radi. Mona kimni sevadiq - G'ozircha, Mona hech kimni sevmaydi. Mabodo sevib qolganida bu munosabatlar uzoqqa bormas edi. Sababi u insonning Apurva va Samirga rashk qilishi aniq edi. - Serialda siz bilan birga rol ijro etayotgan aktyorlar bilan yaxshi munosabatdamisizq - Rakshad Xon va Manini Dilar bilan birgalikdagi sahnalarda miriqib o'ynadim. Apurva, Seti qo'shilganida bundan ham yaxshiroq kirishib ketdim. Aslini olganda boshida ularga hayiqib qaraganim uchun aytishim kerak bo'lgan gaplar yodimdan ko'tarilardi (kuladi). - Sizningcha, Jassidan keyin ijodingizda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladiq - Bu haqda hozircha o'ylaganim yo'q. Meni Jassichalik hech qaysi obraz qiziqtirmasa kerak. Bu rolda bir umr yashashga tayyorman. Meni Jassi deb atashlariga qarshi emasman. Bu – mening hayotim. -Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur.
    Просмотров: 4682 | Добавил: www | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 1
    1 Саша  
    0
    Как можно посмотреть с начало до конца этот сериалу на узб. языке

    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    free counters
    UzDDS@mail.ru © 2024