Seshanba, 14.05.2024, 05:13
Menyu

Forumga krish

Hisoblagich

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Sayt Soati

Kalendar
«  May 2010  »
DuSeChoPaJuShaYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 25

SAYT DO'STLARI
  • o'zbekona
  • Milliy teatr
  • Internet kafe

  • Ob-havo
    Все о погоде - Pogoda.uz

    Главная » 2010 » May » 30 » Yozning qizlarga tasiri!
    09:21
    Yozning qizlarga tasiri!
    nullMana asta-sekin bahor oxirlab, yozning jazirama kunlari boshlanmoqda. Havo isishi bilan huddi ilon po’st tashlagandek, qizlarimiz kiyimlarini yechib, yarim yalang’och shaklga kira boshlaydilar. Milliylikni yerga urib, an’ana va qadriyatlarimizga qarshi isyon namoyon qilayotgan millatimiz vakilalarining o’zlari esa bu holatni zamonaviylikka yo’yib, moda bilan hamnafas yashash deb tahlil qiladilar.

    O’rinli savol tug’iladi: nahotki, zamonaviy bo’lish degani G’arb mamlakatlarida urf bo’lgan kiyimlarni mentalitetimizga to’g’ri kelsa-kelmasa kiyib olish, qorni, yelkasi, oyoqlarini bemalol ochib yurish, egnidagilarning torligidan hatto harakatlanish qiyin bo’lsa-da, bundan zarracha uyalmaslik degani bo’lsa?! Zamon bilan qadamba-qadam yurish, nahotki, shu qadar tor ma’noni anglatsa?! Bugungi shiddatli, tez rivojlanayotgan davrda zamonaviylik shu mezonlar bilan o’lchanadimi?!

    Zamonaviy qiz degani, bir necha chet tilida bemalol so’zlasha oldigan, eng yangi texnika-texnologiyalardan yaxshi xabardor, hayotda o’z o’rniga ega, turli minbarlarda o’ziga ishonch bilan nutq so’zlab, o’zgalarni ishontira oladigan, sport bilab shug’ullanishni kanda qilmaydigan, turli qobiliyatlar egasi, qaysi soha bo’lishiga qaramay, o’zini ko’rsata biladigan, jamiyatdagi istalgan masalaga fikr bildirib, har qanday muammodan chiqish yo’lini topa oladigan qiz degai emasmi?

    O’zida shu sifatlarni mujassamlashtirgan qiz zamon bilan hamqadam ekanini isbotlash uchun yarim yalang’och yurishi shart emasligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun uni bunday bema’ni qiyofalarda ko’rmaymiz, shu sababdan ham haqiqiy ma’noda zamonaviy deyishga loyiq u qizlar. Aksincha, o’zini har tusga soluvchi, otasi, akasining oldida bir qarich kiyimni libos deb kiyib yurgan o’zbek qizlarining aksari asl zamonaviylik talablariga javob bera olmaydilar, bunday sifatlarga ega emaslar. Ularning qo’llaridan faqat qarama-qarshi jins vakillarining hayolini buzish, ularda o’zlariga nisbatan yomon munosabat va salbiy qarashlarni shakllantirishgina keladi. Asrlar davomida xalqimiz, millatimiz qadrlab kelgan odatlarga qarshi chiqib, Yevropaning bema’ni modasi ketidan quvayotgani, bu orqali o’zining va shu bilan birga millatining saviyasiga yomon ta’sir ko’rsatayotganlariga aqli yetmagan "dugona”larimiz, shubhasiz, og’zilarini to’ldirib saqich chaynash, yigitlar bilan tengma-teng gap talashish, erkakcha so’kinishdan ham tap tortmaslik, uyat-hayodan yiroq bo’lgan mavzularda suhbatlashish, o’ta xunuk xatti-harakarlari o’zlarini qay darajadagi tubanlikka tushirib qo’yayotganini ham anglay olmaydilar.

    Qizlarning bugungi kunga kelib keskin o’zgarishi yigitlarda ularga nisbatan ishonchning yo’qolib borishi, qizlardan qo’rqish, ulardan shubhalanish kabi holatlarni keltirib chiqarayotgani achinarli holdir. Ularning pokligi, axloqi, umuman olganda esa o’zlariga bildirilayotgan bu ishonchsizlik oqibatida qizlarga nisbatan hurmat degan tushuncha ham yo’qolib bormoqa. Diyorimizda ayol shaxsi har qaysi zamonda qadrlangan, yuksak darajada hurmatga loyiq ko’rilgan, muqaddas sanalgan. Bugungi kunda-chi? O’z ko’nglida zamonaviy degan nomga loyiq "qizlar”ga (afsuski, bunday qizlar soni kundan kunga ko’payib bormoqda) faqat ko’ngilxushlik vositasi sifatida qaralishi, ularga nisbatan hurmatning umuman yo’qligi, "muqaddas” degan munosabatning alllaqachon g’oyib bo’lgani nimadan darak beradi?! Nahot, bu holat sizni tashvishga solmasa?! O’zbek qizlari, millatimiz ayollari shu munosabatga loyiqmi?!

    Buning asosiy sababchilari, vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirish qo’lida bo’lgan qizlar, dugonalarim, sizga nima bo’lyapti?!


    Просмотров: 1351 | Добавил: www | Рейтинг: 5.0/1
    Всего комментариев: 1
    1 www  
    0

    Имя *:
    Email *:
    Код *:
    free counters
    UzDDS@mail.ru © 2024